"Barselona" - "Real" 4:2 LIVE
11 may | 19:15
Gollar: Erik Garsiya (19), Yamal (32), Rafinya (34, 45) - Mbappe (5-pen, 14).
"Barselona" - Shensni, Kubarsi, Martines, Torres, Pedri, Rafinya, Yamal, Olmo, de Yong, Erik Garsiya, Martin.
"Real" - Kurtua, Vaskes, Tchuameni, Asensio, Fran Garsiya, Sebalos, Valverde, Bellingem, Arda Gyuler, Mbappe, Vinisius Junior.
Ogohlantirish: Valverde (29).
Match-tsentrda ochish
YaNGILASh
Tanaffus!
45+8. Mbappe gol urgandi. Ofsayd sababli gol inobatga olinmadi.
"Real" qishki transferlar oynasi vaqtida himoyachi olishi kerak bo'lgandi. Tchuameni himoyani umuman eplay olmayapti.
45+3. Rafinya jarohat oldi. U tibbiy yordam olmoqda.
"Barselona" o'tirganida kichkina ko'ringanmi deyman)
Birinchi bo'limning o'ziga 6 daqiqa qo'shildi.
45. GOOOOOOOOOOOLLLLL!! Vaskesning qo'pol xatosidan keyin Ferran to'pni olib qo'ydi va Rafinyaga oshirdi. Rafinya osonlik bilan gol urdi. "Real" himoyasi proval holatda!
44. Yo'q, penalti tepilmaydi. Ofsayd bor ekan. Ofsayd bo'lmaganida Mbappe simulyatsiya uchun sariq olardi.
43. PENAL'TI! Yana penalti! Yana "Real" foydasiga, yana Mbappe yiqitildi. Biroq bu erda himoyachi Mbappega tegmagandi. Kutamiz.
42. UXXXXXXXXXXXX!!! Laminning trivela pasidan keyin Rafinya boshi bilan zarba berdi. Juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi u.
40. UXXXXXXX!! Martinning darvoza tomon uzatmasi himoyachidan o'tganida "Barselona" farqni oshirishi ham mumkin edi.
39. "Real" hujumga o'tgandi, Mbappe ofsaydda qolgani uchun o'yin to'xtatildi.
37. Tchuameni ogohlantirildi. Bu erda "Barselona" futbolchilari so'nggi umid foli bo'lganini va qizil kartochkani talab qilishmoqda.
34. RAFIN'YaYaYaYaYaYa!!!! GOOOOOOOOOOOLLLLL!!! 2x REMONTADAAAAAA!! "Barselona" ikkinchi bo'limni kutgani yo'q.
32. GOOOOOOOOOOOOLLLL!! YaMALLLLLL!!! Yomon gol urdi o'ziyam! O'z uslubida Kurtuani jazoladi! Remontada birinchi bo'limning o'zida amalga oshdi!
29. Yamalni qo'pollik bilan yiqitgan Valverde ogohlantirildi. Asensio esa bundan norozi. Huddi Yamalga hech kim tegmagandek)
27. "Barselona" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'pni Asensio maydondan tashqariga chiqarib yubordi. 8-burchak zarbasidan "Barselona" xavfli vaziyat yarata olmadi.
26. Arda Gyulerning Mbappega uzatmasi anchagina kuchlilik qildi.
24. "Barselona" ettinchi burchak zarbasini amalga oshirdi. Yamalning zarbasidan keyin Kurtua to'pni ushlab oldi.
23. UXXXXXXXXXXX!!! "Barselona" hujumga o'tdi. Jamoa futbolchilari penalti so'rashdi, biroq hakam penalti belgilamadi.
Birinchi taymning o'zida remontada bo'larmikin?)
19. GOOOOOOOOLLLLL!!! ERIK GARSIYa!! Hisob tezda qisqardi!
18. ZARBAAAAAA!! Yamaldan super zarba, Kurtuadan seyv!
14. GOOOOOOOOOOOLLLLLL!! MBAPPEEEEEEEE!!! DUBL'!
14. "Real" xavfli hujum uyushtirdi. Mbappe zarba berish nuqtasida zarba bera olmadi. To'p "Barselona" futbolchilariga o'tganida Vini qoida buzdi.
11. Ferran raqibi jarima maydonchasiga kirishga harakat qildi. Asensio esa bunga yo'l qo'ymadi. Burchak zarbasidan "Barsa" samara chiqara olmadi.
8. ZARBAAAAAAA! Erik Garsiya o'ng qanotdan o'tkir burchakdan zarba yo'lladi. Kurtua to'pni qaytardi.
5. GOOOOOOOOOLLLL!! Mbappe o'zi ishlagan penaltidan unumli foydalandi!
YO'Q, PENAL'TI BEKOR QILINMADI!
Bu vaziyatda penalti berkor qilinadi. Ofsayd bor ekan.
3. PENAL'TIIIIIIIII!!!! Shensni tomonidan Kilian Mbappe yiqitildi.
2. Dastlabki daqiqalar "Real" jarima maydonchasi yonida o'tdi.
1. UChRAShUV BOShLANDI!
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.
Uchrashuv startiga oz vaqt qolmoqda.