"Bavariya"ning bir qancha futbolchilari chempionlikni Ibitsada nishonlashdi.
Myunxen klubi 2024/25 yilgi mavsum yakunlanishiga ikki tur qolganida Bundesligadagi g'alabani qo'lga kiritdi.
Bild nashri xabar berishicha, "Bavariya" futbolchilari Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasi bilan o'yinning ertasiga (2:0) yakshanba kuni shaxsiy samolyotda Ibitsaga uchib ketishdi, chunki, o'yindan keyin Vensan Kompani jamoaga ikki kunlik dam bergandi.
Safarda 13 nafar futbolchi qatnashdi: Tomas Myuller, Manuel Noyer, Xarri Keyn, Kingsli Koman, Erik Dayer, Serj Gnabri, Leon Goretska, Rafael Gerreyro, Konrad Laymer, Aleksandr Pavlovich, Yosip Stanishich, Dayot Upamekano va Yonas Urbig.
Bild xabariga ko'ra, futbolchilar o'tgan haftada Ibitsaga sayohat qilishni rejalashtirishgan, biroq klub rahbariyati mavsum oxirigacha chempionlikni nishonlashni taqiqlagandi.