"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopes "Real" darvozasiga urilgan gol inobatga olinmaganidan so'ng, xafa bo'ldi.
22 yoshli futbolchi yakshanba kungi o'yinning 77-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va qo'shib berilgan daqiqalarda gol urdi - hakam videotakrorni ko'rib chiqib, to'p qo'l bilan o'ynalgan deb hisobladi va uni bekor qildi. Tablodagi hisob o'zgarmadi - 4:3 "ko'k-anorranglilar" foydasiga. Barca Universal qayd etganidek, Fermin "el-klasiko"da g'alabani nishonlamagan yagona "Barsa" futbolchisi bo'ldi. Yarim himoyachi o'z golining inobatga olinmaganidan juda xafa bo'ldi. Jamoadoshlari ispaniyalik yosh futbolchiga tasalli berishga urinib ko'rishdi.
"Barselona" keyingi turda o'zini chempionlikni kafolatlashi mumkin. "Real" bilan oradagi farq 7 ochkoga etdi, La Liga yakunlanishiga 3 ta o'yin bor.