"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaning finishga 2 tur qolganida rasmiylashtirilgan La Liga chempionligidan keyingi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ko'k-anorranglilar" derbida "Espanol"ni mag'lub etdi (2:0) va 2-o'rindagi "Real" bilan 7 ochkolik farqni saqlab qoldi.
"Barselona"da siz chempionlikni qo'lga kiritishingiz shart. Uchta sovrin - ajoyib yutuq. Chempionlar Ligasi yarim finalida "Inter"ga yutqazganimiz alam qildi, lekin hozir juda xursandman - o'ylaymanki, muxlislar, futbolchilar va klubdagi barcha mening hissiyotlarimga sherik. Mavsumning ikkinchi qismini ajoyib o'tkazdik - La Ligada birorta ham mag'lubiyat bo'lmadi. Muxlislar, jamoa va klubni tabriklayman. Bu aql bovar qilmaydigan holat," - deya Flikning so'zlarini keltiradi Barca Universal.