«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand «Barselona» futbolchisi Lamin Yamalni Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu bilan solishtirdi.«Biz hozirgina Messi va Ronaldu haqida gaplashdik, lekin ular 17 yoshida bunday o'ynamagan. Yo'q, ular bunday qilmagan. Men hali hech kim bunday o'ynaganini ko'rmaganman. Ularning hech biriga o'xshamaydi deb o'ylayman. Bu — Lamin Yamal, va menimcha, u Krishtianuga o'xshamaydi. Krishtianu faoliyatining boshida fintlar qilardi, tomoshabop o'ynardi, tez edi, tempi va texnikasi zo'r edi. Lekin Laminga kelsak, gap tezlikda emas — u tempni qanday o'zgartirishda. U ritmni o'zgartiradi, tezlikni o'zgartiradi, impulsni o'zgartiradi: sekin, tez, yana sekin, yana tez, tez va yana sekin — go'yo u butunlay boshqacha uslubda o'ynayotgandek», — deya Ferdinand so'zlarini keltirdi "Mundo Deportivo".Lamin Yamal joriy mavsumda «Barselona» safida barcha musobaqalarda 54 ta o'yinda ishtirok etib, 18 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O'qildi: 94 - Fikirlar: 0
O'qildi: 87 - Fikirlar: 0