"Barselona" prezidenti Joan Laporta bosh murabbiy Xansi Flikning Ispaniya chempionligini qo'lga kiritganidan so'ng jamoaga ta'sirini yuqori baholadi.
"La Ligada g'alaba qozonish maqsadiga erishildi. Bu eng asosiysi. Flik buni ko'p bor aytdi va menga uning halol yondashuvi juda yoqadi. Chunki chempionat nafaqat iste'dod, balki mehnat, qat'iyat, rivojlanish va fidoyilik bilan bog'liq. Mavsum davomida qiyin damlarni boshdan kechirdik va u bizga ularni engishimizga yordam berdi.
Men doim Yoxan Kroyff uslubi tarafdori bo'lganman, lekin Ralf Rangnik bilan ham gaplashganman. Biz Tuxel, Nagelsmann, Klopp, Flik nomzodlarini muhokama qildik va bizning profilimizga eng mos keladigani Xansi degan xulosaga keldik. Deko va Krkichning sayohati nihoyat hamma narsani hal qildi.
Boshqa murabbiylarning ham bilimi bor edi, lekin ba'zilari klub murabbiyi bo'lmagan, boshqalari yulduzlar bilan ishlashni bilishmagan. Lekin Flik bu barcha talablarga javob beradi. U hamma narsada yaxshi", - deya xulosa qildi Laporta.
O'qildi: 92 - Fikirlar: 0
O'qildi: 85 - Fikirlar: 0