Agar VAR bo'lmaganida "Real" La Ligada g'alaba qozonishi mumkin edi.
AS videotakrorlar tizimi yordamida hakamlar qarorlariga tuzatishlar kiritishni hisobga olmagan holda Ispaniya chempionati jadvalini taqdim etdi.
VAR'siz "Real" 37-turdan keyin 88 ochko bilan peshqadam bo'lib turgan bo'lardi - bu madridliklar haqiqatda to'plagan ochkodan 7taga ko'p. Muddatidan avval Ispaniya chempioniga aylangan "Barselona" "Real"dan 8 ochko ortda qolib, 2-o'rinda borardi.
"Atletiko" 3-o'rinda qolgan bo'lardi, ammo 77 ochko to'plashi mumkin edi - hozirda Diego Simeone jamoasi hisobida 70 ochko bor.
VAR'ning aralashuvi 10-o'rindagi "Malorka"ning holatiga eng ko'p ta'sir ko'rsatdi - videotakrorlarsiz jamoa 10 ochko kam to'plagan holda 17-o'rinda borishi mumkin edi.
O'qildi: 89 - Fikirlar: 0
O'qildi: 83 - Fikirlar: 0