Xorvatiyalik taniqli yarim himoyachi Ivan Rakitich joriy mavsum yakunida faoliyatini yakunlashi haqidagi ma'lumotlarga javob qaytardi.
Bu haqda futbolchi "Instagram"dagi sahfidasi ma'lum qildi.
"Xabarlaringiz uchun tashakkur. Hissiyotlar futbolning bir qismi, ammo men hech qanday qaror yoki rasmiy e'lon qilganim yo'q.
Butslarimni mixga ilib qo'ygunimcha hali qiladigan ishlar bor", - dedi Rakitich.
37 yoshli faxriy o'tgan yozdan beri "Xayduk"da o'ynab kelmoqda. Rakitich 2011-2024 yillar oralig'ida "Sevilya" va "Barselona"dagi o'yinlari bilan tanilgan. U "Bazel", "Shalke" va "Al-Shabab" klublarida ham o'ynagan.
2007 yildan 2019 yilgacha u Xorvatiya terma jamoasi safida 106 ta o'yin o'tkazib, 15 ta gol urdi va bu bilan JCh-2018 kumush medalini qo'lga kiritdi. 2016 yilda u "Barselona" bilan Chempionlar ligasida g'olib chiqdi.
Posmotret etu publikatsiyu v InstagramPublikatsiya ot Ivan Rakitic (@ivanrakitic)
O'qildi: 149 - Fikirlar: 0