"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yaqin transferlar davrida tarkib kuchayishiga umid qilmoqda.
Debyut mavsumida germaniyalik murabbiy qo'l ostida "ko'k-anorranglilar" kutilganidan ham yaxshiroq natijalar qayd etdi: jamoa Ispaniya chempionligini qo'lga kiritdi, mamlakat kubogi va Superkubogida zafar quchdi, shuningdek, Chempionlar ligasi yarim finaliga chiqdi. Muvaffaqiyatlarga qaramay, Flik tarkibni kuchaytirish kerak deb hisoblaydi. Jurnalist Ashraf bin Ayadning ma'lum qilishicha, bosh murabbiy klub rahbariyatidan transfer bozoridagi ba'zi pozitsiyalarni mustahkamlashni so'ragan. Mutaxassisning fikricha, "Barselona" yangi mavsumda muvaffaqiyat qozonishi uchun yanada kuchayishi kerak.
25 may kuni kataloniyaliklar La Liga so'nggi turida Bilbaoning "Atletik" klubiga qarshi bahs olib boradi.
O'qildi: 93 - Fikirlar: 0
O'qildi: 85 - Fikirlar: 0