"Barselona" "Espanol" posboni Xoan Garsiyaga ko'z tikmoqda.
O'tgan haftada "ko'k-anorranglilar" "Espanol"ni mag'lub etishgandi (2:0), shundan so'ng Voytsex Shesni Garsiyani La Liganing joriy mavsumdagi eng yaxshi darvozaboni deb hisoblashini aytdi. Jurnalist Luis Roxoning yozishicha, "Barselona" 24 yoshli futbolchining muvaffaqiyatlarini kuzatib bormoqda va allaqachon uning agenti bilan bog'langan, ammo transfer faqat jamoani o'sha-o'sha Shesni jamoani tark etgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin. 35 yoshli polshalikning shartnomasi iyun oyi oxirida tugaydi.
Xoan Garsiya Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 37 ta o'yinda maydonga tushib, jami 51 ta gol o'tkazib yubordi. Transfermarkt portali ispaniyalik futbolchining narxini 20 mln evroga baholamoqda.
O'qildi: 89 - Fikirlar: 0
O'qildi: 82 - Fikirlar: 0