Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Yamal La Liganing narxi eng qimmatlashgan futbolchilari qatoriga kirdi.
O'zining transfer qiymatini yangilaganidan so'ng, "Barselona"ning 17 yoshli vingerining qiymati 20 million evroga o'sdi va hozirda 200 million evroga baholanib, dunyodagi eng qimmat futbolchiga aylandi.
U qiymat o'sishi bo'yicha birinchi qatorni Pedri va Xesus Rodriges bilan bo'lishdi.
La Liganing narxi qimmatlagan futbolchilari o'ntaligi quyidagicha:
1. Lamin Yamal, «Barselona» – 20 mln evro (200 mln);
2. Pedri, «Barselona» – 20 mln (140 mln);
3. Xesus Rodriges, «Betis» – 20 mln (30 mln);
4. Antoni, «Betis» – 15 mln (35 mln);
5. Ferran Torres, «Barselona» – 12 mln (40 mln);
6. Kilian Mbappe, «Real» – 10 mln (180 mln);
7. Xulian Alvares, «Atletiko» – 10 mln (100 mln);
8. Rafinya, «Barselona» – 10 mln (90 mln);
9. Pau Kubarsi, «Barselona» – 10 mln (80 mln);
10. Raul Asensio, «Real» – 10 mln (40 mln).
O'qildi: 122 - Fikirlar: 0