Xaver Tebas "Barselona" Niko Uilyamsni ro'yxatdan o'tkaza olmasligini aytdi.
Avvalroq, klub va "Atletik" vingeri Uilyamsning agenti o'rtasidagi muzokaralar so'nggi kunlarda boshi berk ko'chaga kirib qolgani xabar qilingandi. Futbolchi shartnomada ro'yxatdan o'tish kafolatlarini yozib qo'ymoqchi, kataloniyaliklar esa uning pozitsiyasidan norozi.
Avvalroq, "Atletik" rahbariyati La Liga va Ispaniya qirollik futbol federatsiyasini (RFEF) Uilyamsning transferiga to'sqinlik qilish uchun "Barselona"ning barcha moliyaviy operatsiyalarini auditdan o'tkazish zarurligi haqida ogohlantirgan edi.
"Bugungi kunda "Barsa" Niko Uilyamsni e'lon qila olmaydi.
"Qora kiyimlilar" haqida hech narsa bilmayman. "Atletik" kimnidir nazorat ostiga oladi, deb o'ylamayman," - dedi La Liga prezidenti.