"Barselona" markaziy himoyachisi Andreas Kristensen ta'tilni muddatidan avval yakunlab, ishga kirishdi. Chorshanba kuni futbolchi birinchi individual mashg'ulotini o'tkazdi, deb xabar bermoqda jurnalist Mario Rios.
Daniyalik futbolchining maqsadi mavsumoldi tayyorgarlik boshlangan 13 iyulga qadar optimal formaga kirish va o'tgan mavsumdagi og'ir vaziyatdan so'ng asosiy tarkib uchun kurash olib borish.
Andreas Kristensen jarohatlar bilan bog'liq doimiy muammolar tufayli o'tgan mavsumda atigi 6 marta maydonga tushdi. 29 yoshli futbolchining "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasi bir yildan so'ng yakuniga etadi.
Mish-mishlarga ko'ra, Kristensen tez orada "Barselona"ni tark etishi bilan bog'liq. Markaziy himoyachiga "Yuventus" va Saudiya Arabistoni chempionati vakillari qiziqish bildirgan.