"Barselona" Kongo Demokratik Respublikasi bilan homiylik shartnomasini imzolashga yaqin turibdi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Kataloniya klubi Kongo Demokratik Respublikasi bilan 4 yillik homiylik shartnomasini imzolashga yaqin turibdi. Shartnoma shartlariga ko'ra, klub yiliga 11 million evro, jami 44 million evro oladi.
O'tgan hafta Kongo Demokratik Respublikasi sport va o'yin-kulgi vaziri Dide Budimbu bir necha hafta davomida "Barselona" bilan jiddiy muzokaralar olib borgani xabar qilingandi. Maqsad klub futbolkalarining orqa tomoniga "RDC, cœur de l’Afrique" ("DR Kongo, Afrika yuragi") logotipini joylashtirishdir.
Shu tariqa "Barselona" iyun oyida Kongo DR bilan hamkorligini rasman e'lon qilgan "Monako"dan o'rnak oladi.
Liga 1 klubi Afrika mamlakatida futbolni rivojlantirish majburiyatini oldi.
Kongo DR va Barselona o'rtasidagi kelishuv La Liganing halol o'yin holatini yaxshilashga yordam beradi.