Robert Levandovski Lamin Yamal va Franko Mastantuononi taqqoslashdan bosh tortdi.
"Real" mavsum oralig'ida "River Pleyt"dan 18 yoshli argentinalik futbolchini 63 million evroga sotib oldi.
"Futbolchilarni, ayniqsa yosh paytida, taqqoslash to'g'ri emas. Albatta, "Real"ga Laminga o'xshagan o'yinchini topish uchun bosim o'tkazishmoqda. Menimcha, bu imkonsiz. Yaxshisi, o'z yo'lidan borgan ma'qul.
Ammo uni topib bo'lmaydi, chunki bunday o'yinchilar har bir shaharda, har yili tug'ilavermaydi. Bu 10 yilda bir marta sodir bo'ladi.
Ilgari ham shunday bo'lgan, Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi - ular mutlaqo boshqa-boshqa futbolchilar edi.
Keyingi Messi yoki keyingi Krishtianu Ronalduni topa olmaysiz, chunki ular betakror", - dedi "Barselona" hujumchisi Robert Levandovski.
O'qildi: 127 - Fikirlar: 0