"Barselona" Voytsex Shesni va Jerar Martinni ro'yxatdan o'tkazish ustida ishlamoqda. Ammo polshalik birinchi bo'lib ro'yxatdan o'tishi kerak.
Sport nashri xabariga ko'ra, Oriol Romeu va Inyaki Penyaning ketishidan so'ng Shesnining ro'yxatdan o'tkazish imkoniyati paydo bo'ladi.
Oriol Romeu bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda. O'yinchi maoshining bir qismidan voz kechmoqchi, klub esa qolgan foizni o'z zimmasiga oladi.
Penya bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda, maosh fondini engillashtirish uchun. U ijaraga beriladi. "Komo" klubi uni sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olmoqchi
Shesni ro'yxatdan o'tkazilgandan so'ng klub Jerar Martinni ro'yxatdan o'tkazish bilan shug'ullanadi. Bundan tashqari, Runi Bardji, Mark Bernal va Ektor Fort bilan muammolar mavjud klub ularni asosiy tarkib futbolchisi sifatida ro'yxatdan o'tkaza olmasa, unda ularni "Barcelona Atletik"safidan ro'yxatdan o'tkazishi mumkin va shunda ular bemalol asosiy jamoa safida maydonga tushishi mumkin bo'ladi.