Emmanuel Peti Lamin Yamalni Lionel Messiga qiyosladi.
- Lamin Yamalning saviyasi haqida qanday fikrdasiz? Uni qanday qilib to'xtatish mumkin?
- U menga o'ng qanotdagi Messini eslatadi. Har safar to'pga tegsa, u xavf tug'diradi. U odatda ikki yoki hatto uchta raqibni o'z zonasiga jalb qiladi, bu esa jamoadoshlariga joy ochadi. Shuning uchun "Barselona" juda xavfli. Rafinya va ajoyib yarim himoyachi bilan tahdid har qanday joydan kelishi mumkin. Ko'p jamoalar "Yamal”ga qarshi ikki-uch o'yinchini qo'yib, himoyalanishga uringanini ko'rganman, ammo bu ish bermayapti.
Yoshi uchun u ajoyib. Agar u shu darajani saqlab qolsa, "Oltin to'p"ni qo'lga kiritadi. U "Barselona"da ham, Ispaniya terma jamoasida ham o'z darajasini saqlab qolishi kerakligini biladi. Uning uchun mavsum yakunida jahon chempionati bor, bu uning uchun yana bir muhim maqsad. Ammo haqiqatan ham o'z nomini qozonish uchun u Chempionlar ligasida g'alaba qozonishi kerak" - dedi "Barselona" va Frantsiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi.