Fermin Lopes "Chelsi" qiziqish bildirayotganiga qaramay, "Barselona"da qolmoqchi.
Diario Sport xabariga ko'ra, London klubi 22 yoshli yarim himoyachi uchun 58 million evro taklif qilgan. Ta'kidlanishicha, Fermin o'z atrofidagilarga "Barselona"da qolishni va jamoaning asosiy o'yinchisiga aylanishni qat'iy aytgan, biroq futbolchi "Chelsi"ning taklifini o'rganmay turib, uni rad etish "mas'uliyatsizlik" bo'lishini tushunadi.
Qayd etilishicha, "Chelsi" Ferminning yaqin atrofidagilarga uni o'z safiga qo'shib olish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilishga tayyorligini bildirgan. Xususan, klub taklif qilinayotgan shaxsiy shartnoma shartlarini sezilarli darajada yaxshilashga tayyor.
"Barselona" bosh murabbiyi Ferminadan umid qilayotganini, ammo klub xavbek ketishga qaror qilsa, qarshilik qilmasligini va uning o'rniga boshqa futbolchi qidirmasligini ma'lum qildi.
O'qildi: 3666 - Fikirlar: 0
O'qildi: 2939 - Fikirlar: 0