«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski son jarohatidan keyin asta-sekin maydonga qaytayotgani haqida fikr bildirdi.«Mavsum endigina boshlandi, u juda uzun. Maydonga tezroq qaytib, ko'proq daqiqa o'ynash uchun menga bosim bo'lmadi. Avgust — o'yinga kirishish oyi. Hammasi sentyabrdan boshlanadi, shuning uchun bu jarayonga xotirjam yondashish kerakligini tushunaman. Shoshilish shart emas. Mavsum juda uzun, unga umumiy holatdan qarash zarur. Ammo xursandmanki, hozir 100% tayyorman», — deya Levandovskining so'zlarini «Barselona» matbuot xizmati keltirdi.Eslatib o'tamiz, avgust oyi boshida polshalik futbolchi chap oyog'ining son orqa qismida jarohat olgani xabar qilingan edi.36 yoshli forvard o'tgan mavsumda turli musobaqalarda 52 ta o'yinda maydonga tushib, 42 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Futbolchining «Barselona» bilan tuzgan shartnomasi 2026 yil yoziga qadar amal qiladi.
O'qildi: 76080 - Fikirlar: 0
O'qildi: 18296 - Fikirlar: 0