Frenki de Yong Chempionlar ligasi doirasida "Nyukasl"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.
Payshanba kuni Kataloniya klubi EChL umumiy bosqich 1-turi doirasida "Nyukasl" maydoniga safar qiladi.
Avvalroq, "blaugrana" yarim himoyachisi Frenki de Yong Niderlandiya terma jamoasi qarorgohini tark etgani ma'lum bo'lgandi. Futbolchi 2026-yilgi Jahon chempionati saralashida Polshaga qarshi o'yinda (1:1) mushaklaridagi noqulaylik tufayli almashtirildi.
De Yong La Liga 4-turidan o'rin olgan "Valensiya"ga (6:0) qarshi o'yinni o'tkazib yubordi.
Marca xabariga ko'ra, dushanba kuni Frenki odatdagidan ko'proq yuklama olgan futbolchilar bilan bir guruhda ishladi: "Valensiya"ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilar tiklanish mashqlari bilan cheklandi.
Agar tiklanish jarayoni yaxshi o'tsa, de Yong "Nyukasl"ga qarshi o'yin qaydnomasidan o'rin olishi mumkin. "Barselona"da bu borada ijobiy qarashlar saqlanib qolmoqda.
O'qildi: 50925 - Fikirlar: 0