Taniqli jurnalist Pablo Jiralt X ijtimoiy tarmog'ida "Oltin to'p-2025" uchun ovoz berish natijalarini e'lon qildi. Insayderning yozishicha, mukofotni "Barselona" va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal qo'lga kiritadi. Ikkinchi o'rinni "PSJ" qanot hujumchisi Usmon Dembele egalladi.
Eslatib o'tamiz, bugun, 22 sentyabr kuni France Football jurnali tomonidan o'tkaziladigan jahonning eng yaxshi futbolchilariga 69 yillik taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi. Tadbir Parijdagi Shatle teatrida bo'ladi.
Tarixda to'rtinchi marta mukofot kalendar yili emas, balki mavsum yakunlari bo'yicha (2024 yil 1 avgustdan 2025 yil 13 iyulgacha) topshiriladi. Ovoz berish jarayonida FIFAning dolzarb top-100 reytingiga kiruvchi mamlakatlardan sport jurnalistlari ishtirok etdi.
O'qildi: 59015 - Fikirlar: 0