«Barselona» prezidenti Joan Laporta Madridning «Real» klubi ikkinchi yil ketma-ket «Oltin to'p» taqdimot marosimini boykot qilgani yuzasidan fikr bildirdi.«Xohlashsa, nima qilaverishsin. Biz «Barsa» haqida qayg'uramiz. Mukofot nomzodlari va tashkiliy qo'mitaga hurmat yuzasidan marosimlarda qatnashamiz. Bu — sportni tushunishning bir qismi. Sportda g'alaba ham bo'ladi, mag'lubiyat ham. Ammo yuta bilish bilan birga, yutqazishni ham bilish kerak. Bizga omad kulib boqqan — ko'p g'alaba qozonamiz, kam mag'lub bo'lamiz», — deya Laporta so'zlarini Sport.es keltirdi.Eslatib o'tamiz, o'tgan yili OAV xabariga ko'ra, «Qirollik klubi» marosimni boykot qilgan, chunki «Oltin to'p» «Real» hujumchisi Vinisius Juniorga emas, «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodriga topshirilishini oldindan bilib qolgan. Natijada Vinisius ovoz berishda ikkinchi o'rinni egallagan edi.
O'qildi: 59019 - Fikirlar: 0