"Milan" "Barselona" yulduz hujumchisining transferi masalasida uning agenti bilan bog'landi.
Jurnalist Luka Koenning ma'lum qilishicha, "rossonerilar" sport direktori Igli Tare Robert Levandovskining vakili Pini Zaxavi bilan suhbatlashib, 37 yoshli polshalik hujumchi bilan shartnoma imzolash imkoniyatini o'rgangan.
Qayd etilishicha, "Milan" rahbariyati ayni damda Levandovskining "Barselona"dagi kelajagi bilan bog'liq vaziyat haqida ko'proq ma'lumot olishga harakat qilmoqda. Gap faqat ma'lumot so'rash haqida ketmoqda, hozircha jiddiy hech narsa yo'q.
Eslatib o'tamiz, tajribali hujumchining "Barsa" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan va uning kelishuvida hamkorlikni yana bir yilga uzaytirish mumkinligi haqida band bor.
O'qildi: 32914 - Fikirlar: 0