"Barselona" "Chelsi"ning Fermin Lopesga bo'lgan qiziqishiga izoh berdi
"Barselona" sport direktori Deku "Chelsi" yozda Fermin Lopesni sotib olmoqchiligi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.
"Javob oddiy: biz Ferminni sotishni istamadik. Bunday futbolchini qo'yib yuborish – shunchaki jamoani zaiflashtirish. Ferminning o'zi so'ragan taqdirdagina sotishimiz mumkin edi. Biroq bu hali sodir bo'lmadi. Biz hammasidan mamnunmiz", – dedi Deku.
Avvalroq "Barsa" tez orada de Yong bilan shartnomani uzaytirishi ma'lum qilingan edi.