Transfermarkt portali Ispaniya La Ligasi futbolchilarining qiymatini yangiladi. Unga ko'ra, “Barselona” vingeri Lamin Yamal 200 million evro bilan chempionatning eng qimmat futbolchisi bo'lib turibdi.Ikkinchi o'rinni “Real Madrid” futbolchilari — Jud Bellingem va jamoaning frantsiyalik hujumchisi Kilian Mbappe egalladi. Ularning har biri 180 million evroga baholangan.Umuman olganda, La Liganing eng qimmat 10 ta futbolchisidan 5 nafari “Real Madrid”, 4 nafari “Barselona” va 1 nafari “Atletiko Madrid” klublariga tegishli. Transfermarkt talqini bo'yicha La Liganing eng qimmat 10 futbolchisi:1. Lamin Yamal (“Barselona”) — 200 million evro;2. Jud Bellingem (“Real Madrid”) — 180 million evro;3. Kilian Mbappe (“Real Madrid”) — 180 million evro;4. Vinisius Junior (“Real Madrid”) — 150 million evro;5. Pedri (“Barselona”) — 140 million evro;6. Federiko Valverde (“Real Madrid”) — 130 million evro;7. Xulian Alvares (“Atletiko Madrid”) — 100 million evro;8. Rafinya (“Barselona”) — 90 million evro;9. Pau Kubarsi (“Barselona”) — 80 million evro;10. Rodrigo Goes (“Real Madrid”) — 80 million evro.
O'qildi: 35281 - Fikirlar: 0