«PSJ» himoyachi Erik Garsiyaning vaziyatini kuzatmoqda. Uning «Barselona» bilan shartnomasi 2026 yil yozida yakunlanadi. Agar 24 yoshli futbolchi uch oy ichida kataloniyaliklar bilan yangi shartnoma imzolamasa, parijliklar u bilan muzokara o'tkazishi mumkin. Bu haqda Sport.es xabar berdi.Manbaga ko'ra, «ko'k-anorranglilar»ning maqsadi Garsiya bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirishdan iborat. Biroq himoyachi bilan muzokaralar sekin kechmoqda. Ispan futbolchisining o'zi esa faoliyatini «Barselona»da davom ettirishni xohlaydi.Garsiyani «PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike juda qadrlaydi. Aynan Enrike qo'l ostida u Ispaniya terma jamoasida debyut qilgan.Futbolchi 2021 yil yozidan buyon «Barselona» sharafini himoya qilmoqda. Shu vaqt mobaynida u turli musobaqalarda 124ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urgan va 5ta golli uzatma amalga oshirgan.