«Barselona»ning sobiq bosh murabbiyi Xavi "ko'k-anorranglilar" hujumchisi Lamin Yamalni «Oltin to'p»ga munosib futbolchi deb hisoblaydi.«Bu safar jamoaviy sovrinlar hal qiluvchi omil bo'ldi. Menimcha, albatta, Yamal munosib edi. Vitinya, Saloh, Pedri va Rafinya ham munosib edi... Ko'plab futbolchilar munosib bo'ldi, ammo oxir-oqibat sovrinlar ko'proq ahamiyatga ega bo'ldi.Lamin albatta uni oladi, ishonchim komil. Lekin bu uning jamoasi Chempionlar ligasi yoki Jahon chempionatini yutganda sodir bo'ladi», – dedi Xavi.Undan Yamalga jamoada debyut qilish imkonini bergan paytda futbolchidan shunday yorqin parvozni kutganmidi, deb so'rashganida, u shunday javob berdi:«Ha, shubhasiz. Biz shtabda bu haqda oldin ham gaplashganmiz. Unda «Oltin to'p» uchun salohiyat borligini aytgandik. Uning mashg'ulotlarini kuzatgandayoq ayrim jihatlar ko'zga tashlanardi. Tezda tushunasizki, u o'ziga xos futbolchilardan biri», – deya ta'kidladi Xavi.