Sobiq yulduz hujumchi, hozirda “Milan” klubining katta maslahatchisi sifatida faoliyat yuritayotgan Zlatan Ibrahimovich hayotdagi baxt tushunchasi haqida fikr bildirdi.«Oddiy darajadagi pul bilan ham yaxshi hayot kechirsa bo'ladi. Ammo hozirgi kunda qaysi miqdorni “oddiy” deyish mumkin? Men ikki xil holatni ko'rganman: pulsiz oilada tug'ilganman, otam oyiga ming evro topardi va biz shu mablag'ni bo'lib ishlatardik. Bu uning puli edi, lekin zarur bo'lsa, u men bilan ham bo'lishardi. Shu davrlarda ham men baxtli edim. Demak, masala nima haqda?Baxt... Bu nima degani? Hozir men baxtliman, ammo 10 daqiqadan keyin hammasini o'zgarishi mumkin. Shuning uchun faqat o'sha daqiqalarning o'zi ahamiyatli. Pul hayotni engillashtiradi, ammo seni baxtli qilolmaydi, deb o'ylayman. Men uchun muhim narsa — aynan o'sha lahzalar. Masalan, men “Barselona”ga o'tishni orzu qilganman, ammo bir yil o'tib, bu orzu haqiqiy tushkunlikka aylandi. Hayot shunday lahzalardan iborat», — dedi Ibrahimovich Sport.es nashriga bergan intervyusida.