Sport.es nashrining Catalunya Ràdioga tayanib xabar berishicha, Flik La Liganing 8-turidan o'rin olgan «Sevilya»ga qarshi o'yindagi (1:4) mag'lubiyatdan so'ng jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylar bilan yig'ilish o'tkazishga qaror qilgan.Manba ma'lumotiga ko'ra, nemis mutaxassisi futbolchilarning jismoniy holati mavsumning bu bosqichida kerakli darajada emas, deb hisoblamoqda. Ayniqsa, yarim himoyachi Pedrining intensivlik ko'rsatkichlari o'tgan yilgiga nisbatan past ekani ta'kidlanmoqda.Hozirgi kunda mashg'ulotlardagi yuklama ham kutilganidan pastroq. Bu jamoa o'tgan mavsumga nisbatan ko'proq charchoq his qilayotgani bilan izohlanadi. Natijada intensivlikni oshirish imkoni bo'lmayapti.Flikning rejasiga ko'ra, futbolchilar mart oyiga qadar eng yuqori jismoniy formaga chiqishlari lozim. Biroq, agar yuklamalar oshirilmasa, bu maqsadga erishish qiyin bo'ladi.