"Barselona" vingeri Rafinya 2024 yilning yozida jamoani tark etishga yaqin kelganini esladi.
"Men 15 yoshimdan beri futbol o'ynayman. Yaxshi zamonlar ham, yomon zamonlar ham bo'lgan. Bir payt qarasam, oilamga g'amxo'rlik qilish vaqti keldi. Saudiya Arabistonidan kelgan taklif meni juda qiziqtirdi. Men nafaqat o'z hayotimni, balki ota-onam, o'g'lim, ko'plab odamlarning hayotini ham hal qilgan bo'lardim. Albatta, ketish haqida o'yladik. Men ketish vaqti kelgan bo'lsa kerak, deb o'ylagandim, lekin keyin biz Flik bilan gaplashdik - avval telefonda, keyin esa mavsumoldi boshida. U meni qolishga ko'ndirishga muvaffaq bo'ldi. U shunday qilganidan xursandman," - dedi Rafinya ESPN’ga.
"Barselona"da qolgan Rafinya 2024/2025 yilgi mavsumni juda kuchli o'tkazdi va "Oltin to'p" uchun asosiy da'vogarlar qatoridan joy oldi. Darvoqe, Rafinya ovoz berishda beshinchi o'rinni oldi.
O'qildi: 14535 - Fikirlar: 0