“Real Madrid” va “Barselona” klublari “Bavariya” himoyachisi Dayot Upamekanoni o'z safiga qo'shib olishni istamoqda. Bu haqda Foot Mercato nashri xabar bermoqda.26 yoshli markaziy himoyachi myunxenliklarning asosiy tarkib futbolchilaridan biri sanaladi. Biroq uning “Bavariya” bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadi. Tomonlar yangi bitim borasida muzokaralarni boshlagan, ammo hozirda ular kelishuvga erisha olishgani yo'q. Avvalroq “nemis mashinasi” frantsiyalik himoyachiga uzoq muddatli shartnoma taklif qilgan, ammo bu taklif futbolchining talablariga mos kelmagan. Shu bois ular o'rtasidagi muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolgan.Shuningdek, Upamekanoga Angliyaning ikkita nomdor klubi “Manchester Yunayted” va “Liverpul” jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.Ma'lumot uchun, frantsiyalik himoyachi 2021-yilning yozida “Leyptsig”dan “Bavariya”ga 60 million evro evaziga o'tgan edi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalar doirasida jami 14 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 50 million evroga baholamoqda.
O'qildi: 14528 - Fikirlar: 0