Inigo Martines: "Yamal hali o'z zimmasidagi mas'uliyatni anglamaydi"

"Barselona"ning sobiq futbolchisi, hozirda "An-Nasr" sharafini himoya qilayotgan Inigo Martines Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.
34 yoshli himoyachi avgust oyiga qadar "ko'k-anorranglilar" sharafini himoya qildi, shundan so'ng u Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tdi.
"Yamal bilan "Barsa"da alohida munosabatda bo'lganman. Men uning otasidek edim, u meni kiyinish xonasida o'zining mo'ljali deb bilardi.
Men uning yoshida bu darajada o'ynay olmasdim. U elkasida qanday yuk borligini bilmaydi. Aytish mumkinki, u "Barsa"ni elkasida ko'tarib yurishga majbur. Umid qilamanki, u buni anglamaydi, chunki anglash bilan u qo'shimcha bosimni ham his qiladi," - dedi Martines intervyusida.
Joriy yilning iyul oyida Lamin Yamal 18 yoshga to'ldi.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (319/+0)
Yangiliklar (37620/+16)
UzFIFA Yangiliklari (28.04.2026)
Futbol TV Yangiliklari (28.04.2026)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1863)
Eng ko'p o'qilgan
24-Aprel
17:50
22-Aprel
21:00
25-Aprel
22:00
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)





401