“Barselona” va “Bavariya” klublari “Yuventus” hujumchisi Dushan Vlahovichni o'z safiga qo'shib olishni istamoqda. Insayder Nikolo Skira bergan ma'lumotga ko'ra, har ikki klub ham futbolchi bilan shartnoma imzolash imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.25 yoshli serbiyalik hujumchining “Yuventus” bilan shartnomasi 2026-yilning yozida yakuniga etadi. Biroq Vlahovich klub bilan bitim imzolamasligi kutilmoqda. Shuning uchun “Barselona” va “Bavariya” futbolchini erkin agent sifatida tarkibga qo'shib olishga harakat boshlagan. Ular allaqachon futbolchining vakillariga transfer bo'yicha so'rov yuborgan.Avvalroq Dushanga Angliyaning “Nyukasl” klubi qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ular yozda hujumchini sotib olmoqchi bo'lgan, ammo transfer noma'lum sabablarga ko'ra amalga oshmay qoldi. Ma'lumot uchun, Vlahovich joriy mavsum “Yuventus” safida jami 8 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 4 ta gol va 1 ta golli uzatma yozdirib qo'ygan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 35 million evroga baholamoqda.
O'qildi: 14548 - Fikirlar: 0