Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Forbes nashri talqiniga ko'ra 2025 yilning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi bo'ldi. Ikkinchi o'rinda «Inter Mayami» forvardi, argentinalik Lionel Messi joy oldi.Forbes ma'lumotlariga ko'ra, 2025/2026 yilgi mavsumda Ronaldu «An-Nasr» klubidan jami 280 million dollar ishlab topadi. Bu summaga nafaqat o'yinlar uchun to'lanadigan maosh, balki klub ishtirokida tuzilgan turli tijorat shartnomalaridan keladigan moliyaviy bonuslar ham kiritilgan. Shuningdek, u turli hamkorlardan yana 50 million dollar daromad oladi.Forbes talqiniga ko'ra 2025 yilning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilari:1. Krishtianu Ronaldu («An-Nasr») — $280 mln2. Lionel Messi («Inter Mayami») — $130 mln3. Karim Benzema («Al-Ittihod») — $104 mln4. Kilian Mbappe («Real») — $95 mln5. Erling Xoland («Manchester Siti») — $80 mln6. Vinisius («Real») — $60 mln7. Muxammad Saloh («Liverpul») — $55 mln8. Sadio Mane («An-Nasr») — $54 mln9. Jud Bellingem («Real») — $44 mln10. Lamin Yamal («Barselona») — $43 mln.
O'qildi: 24571 - Fikirlar: 0