Hans-Diter Flikning diskvalifikatsiyasi bekor qilinmadi.
"Barselona" bosh murabbiyi "Jirona"ga (2:1) qarshi o'yinda hakamlar qaroridan norozi bo'lgani uchun ikkita sariq kartochka olgan edi. Klub germaniyalik mutaxassisning diskvalifikatsiyasi ustidan shikoyat qilishga urinib ko'rdi.
Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) tartib-intizom qo'mitasi kataloniyaliklarning apellyatsiyasini rad etdi.
"Ushbu apellyatsiyaga sabab bo'lgan ikkita sariq kartochkani bekor qilish to'g'risidagi iltimosnoma rad etildi va shu munosabat bilan janob Xans-Diter Flikning chetlatilishidan kelib chiqadigan bir o'yinga diskvalifikatsiya tarzidagi intizomiy oqibatlar o'z kuchida qolishi kerak", - deyiladi qo'mita bayonotida.
Shu tariqa, Flik 26 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan "Real"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
O'qildi: 24577 - Fikirlar: 0
O'qildi: 24479 - Fikirlar: 0