
"Barselona" vingeri Rafinya Dias Madridning "Real" klubiga qarshi o'yinda ishtirok eta olmaydi.
Braziliyalik futbolchi to'liq tiklanib, yakshanba kuni bo'lib o'tadigan klasikoda ishtirok etishi mumkin, deb hisoblangandi, biroq rejalarni o'zgartirishga to'g'ri keldi: muammo yaqinda bo'lib o'tgan mashg'ulotda yanada kuchaydi - endi futbolchi jamoaga printsipial o'yinda yordam bermasligi aniq. Catalunya Radio nashrining ta'kidlashicha, Rafinya bu voqeadan tushkunlikka tushgan va hayratda qolgan. U "Real" bilan o'ynashga tayyor ekaniga amin edi. Uning uchun bu og'ir zarba.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" hujumining 28 yoshli etakchisi sonidan olgan jarohati tufayli sentyabr oyi oxiridan beri maydonga tushmayapti. Rafinyasiz o'tkazilgan beshta o'yinda kataloniyaliklar uch marta g'alaba qozonib, ikki marta mag'lub bo'lishdi.





317