
«Barselona» futbolchilari jamoaning jismoniy tayyorgarlik darajasidan tobora ko'proq norozi bo'lmoqda. Ular bu holatni nafaqat jarohatlar sonining ko'payishi, balki jamoa natijalarining pasayishiga ham asosiy sabab deb hisoblashmoqda.Ko'plab futbolchilar shaxsiy murabbiylar bilan shug'ullana boshlashgan, chunki ularning fikricha, jamoaviy mashg'ulotlarda mushaklarni mustahkamlash va jismoniy formada bo'lishga etarli e'tibor berilayotgani yo'q.O'tgan mavsum 2020 yildan buyon «ko'k-anorranglilar» uchun jarohatlar soni bo'yicha eng yaxshi mavsum bo'lgan — butun mavsum davomida jami 20 ta jarohat qayd etilgan. Biroq bu mavsum boshlanishidan oldin jamoa sport direktori Deku jismoniy tayyorgarlik bo'limidagi avvalgi mutaxassislarni almashtirgan.Ispaniya Primerasining 10 ta turidan so'ng «Barselona» 22 ochko to'plab, turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Kataloniya klubi peshqadam «Real»dan 5 ochkoga ortda qolmoqda.
O'qildi: 23521 - Fikirlar: 0





752