
"Real"ning sobiq himoyachisi Marselo kecha Ispaniya media ligasida debyut qildi. Ligani "Barselona"ning sobiq futbolchisi Jerar Pike boshqaradi.
O'yin davomida Pike braziliyalik va "Real"ni mazax qildi.
"Marselo allaqachon shikoyat qilmoqda - bu oq futbolka kiygan futbolchilarning DNKsida bor", - deb hazillashdi Pike.
36 yoshli braziliyalik futbolchi 6 fevral kuni futbolchilik faoliyatini yakunlashini e'lon qildi.
Marselo oltita La Liga, beshta Chempionlar Ligasi, beshta Ispaniya Superkubogi, to'rtta klublar o'rtasidagi jahon chempionati, uch marta UEFA Superkubogi, ikki marta Qirollik kubogi, ikki marta Rio-de-Janeyro shtat chempionati, bir marta Libertadores kubogi, bir marta Janubiy Amerikaning Resopa (Superkubogi) va bir marta Rio kubogini qo'lga kiritgan.
U Braziliya terma jamoasi bilan 2013 yilgi Konfederatsiyalar kubogida g'olib chiqqan. U 2012 yilgi Olimpiya o'yinlarida kumush va 2008 yilgi Olimpiya o'yinlarida bronza medalini qo'lga kiritdi. 2005 yilda Marselo Braziliya termasi bilan U-17 jahon chempionatida g'olib chiqdi.
O'qildi: 62722 - Fikirlar: 0
O'qildi: 23528 - Fikirlar: 0





588