
"Barselona" vingeri Rafinya Dias FIFPro talqiniga ko'ra 2025 yil ramziy jamoasiga kiritilmaganidan so'ng o'zining Instagram hikoyasiga shu so'zlarni joyladi.
«Leo Messi va Krishtianu Ronaldu ketganidan keyin Evropada hech kim 60 ta golga hissa qo'shmagan — faqat Rafinya bundan mustasno.
Chempionlar ligasida Krishtianu Ronalduning gollarga to'g'ridan-to'g'ri hissasiga hech kim tenglashmagan — faqat Rafinya bundan mustasno.
O'tgan mavsumda hech kim o'yinlar soniga nisbatan ko'proq gol va assist qilmagan — faqat Rafinya bundan mustasno.
2015 yilda Messidan beri hech kim Chempionlar ligasida bir vaqtning o'zida eng ko'p gol va eng ko'p assist qilmagan — faqat Rafinya bundan mustasno.
Hech bir braziliyalik futbolchi Chempionlar ligasida 10 tadan ortiq gol urmagan — faqat Rafinya bundan mustasno.
Messi, Suares va Neymar ketganidan beri "Barcelona"da bir mavsumda 50 tadan ortiq gollarga hech kim hissa qo'shmagan — faqat Rafinya bundan mustasno», - deb yozdi 28 yoshli braziliyalik futbolchi.
Rafinya avvalroq "Oltin to'p" reytingida 5-o'rinni egallagan edi.
O'qildi: 62759 - Fikirlar: 0
O'qildi: 54117 - Fikirlar: 0
O'qildi: 23542 - Fikirlar: 0





254