
Bryuggeda avtobusni yoqib yuborgan "Barselona" muxlisining shaxsi aniqlanib, politsiya tomonidan hibsga olindi, deb xabar beradi Sport.es.
Nashrning yozishicha, o't qo'ygan shaxs Belgiya rasmiylari tomonidan hibsga olingan. Erkak "ko'k-anorranglilar" ishqibozlar klubi a'zosi. Politsiya, shuningdek, "Barselona"ning yana ikki muxlisidan fayerlarni tortib oldi. Bir hodisa "Yan Breydel" stadioniga (Bryugge, Belgiya) kiraverishda, ikkinchisi esa stadion ichida sodir bo'lgan. Hozirda ularning shaxsi aniqlanmoqda. Agar bu tasdiqlansa, "Barselona"dan tegishli choralar ko'rilishi talab qilinadi.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" muxlislari avtobusi "Bryugge"ga qarshi (3:3) Chempionlar ligasi 4-tur uchrashuviga ketayotganda yonib ketgan edi. Taxminlarga ko'ra, mashina ichida fayerlar yoqilgan.
O'qildi: 62743 - Fikirlar: 0
O'qildi: 23537 - Fikirlar: 0
O'qildi: 20742 - Fikirlar: 0





281