
"Barselona"ning sobiq himoyachisi Samuel Yumtiti Antuan Grizmanning Kataloniya klubidagi muvaffaqiyatsizligi haqida fikr yuritdi.
"Ko'k-anorranglilar" hujumchini 2019 yilda Madridning "Atletiko" klubidan 120 mln evroga sotib olgan edi. Yulduz frantsuz yangi jamoada o'zini ko'rsata olmadi, shuning uchun u oxir-oqibat "matraschilar" safiga qaytdi.
"Nima uchun Grizmann "Barsa"da muvaffaqiyat qozona olmadi? Rostini aytsam, bilmayman. Bu savolga javob berishga qiynalyapman. Men uni yaxshi bilaman, lekin gapirmaslik kerak bo'lgan narsalar bor. Nazarimda, hammasi yaxshi bo'lishi kerak edi, axir Antuan - aqlli o'yinchi, u doim jamoa uchun ishlaydi. Uning o'ynash uchun hamma narsasi bor edi. Turli omillar bor: atrof-muhit, murabbiylar... Ko'p narsa," - deya Umtitining so'zlarini keltiradi Barca Universal.
Antuan Grizmann "Barselona" safida 102 ta o'yinda 35 ta gol urgan, shuningdek, 17 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O'qildi: 70362 - Fikirlar: 0
O'qildi: 22480 - Fikirlar: 0





1095