
"Barselona" yarim himoyachisi Pedri jarohatidan so'ng safga qaytishga tayyorgarlik ko'rmoqda. 22 yoshli futbolchi "ko'k-anorranglilar"ning avvalgi uchta o'yinini o'tkazib yuborgan, shuningdek, Ispaniya terma jamoasining noyabr oyida bo'lib o'tadigan JCh-2026 saralash o'yinlariga bormagan.
RAC1 xabariga ko'ra, Pedri La Liganing "Atletik" Bilbao (22 noyabr) bilan bo'ladigan o'yinida qatnasha olmaydi, ammo Chempionlar Ligasining "Chelsi"ga (25 noyabr) qarshi o'yinida ishtirok etishi kutilmoqda. Katta ehtimol bilan, Londonda yulduz xavbek asosiy tarkibda emas, balki zaxiradan maydonga tushadi.
Pedrining maqsadi 2 dekabr kuni bo'lib o'tadigan Madridning "Atletiko" klubiga qarshi o'yingacha to'liq tiklanib, optimal sport formasiga kirishdan iborat.
O'qildi: 70363 - Fikirlar: 0
O'qildi: 22481 - Fikirlar: 0





371