
"Barselona" prezidenti Joan Laporta muxlislar Lionel Messining klubga futbolchi sifatida qaytishini kutmasliklari kerakligini aytdi.
Argentinalik futbolchi 2021 yilda "ko'k-anorranglilar" safini tark etgandi. O'shandan beri ko'pchilik yulduz hujumchi faoliyatini yakunlashdan oldin qaytishini kutgan, ammo bu sodir bo'lmaydiganga o'xshaydi.
"Messining futbolchi sifatida qaytishi haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Uning "Inter Mayami" bilan shartnomasi bor. Shuni ham inobatga olish kerakki, u 38 yoshda va klub bugungi kun va kelajakni ko'zlagan holda loyiha qurmoqda. O'tmish bilan yashasang, rivojlanish to'xtaydi," - deya Laportaning so'zlarini keltiradi Barca Universal.
Yaqinda Lionel Messi "Inter Mayami" bilan shartnomasini 2028 yil oxirigacha uzaytirdi.
O'qildi: 70363 - Fikirlar: 0
O'qildi: 22481 - Fikirlar: 0





293