
"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn "Barselona" qiziqishlari doirasida qolmoqda.
Kataloniya grandi rahbariyati joriy mavsum yakunlangach, jamoani tark etishi mumkin bo'lgan Robert Levandovski o'rnini to'ldirish haqida o'ylamoqda. Jurnalist Fernando Poloning ma'lum qilishicha, "Barselona"ning transfer rejalari hozircha tasdiqlanmagan, biroq Xulian Alvares ("Atletiko") bilan shartnoma imzolanishi dargumonligi tufayli Keynning nomzodi borgan sari ko'proq qadrlanmoqda.
Katta ehtimol bilan, "ko'k-anorranglilar"ning bozordagi niyatlari yanvar oyidan oldin aniq bo'lmaydi, deydi manba, shu bilan birga, klub yuqori maosh oluvchi Levandovski bilan xayrlashsa, top-forvardni sotib olishiga ishonmoqda.
32 yoshli Xarri Keynning Transfermarkt saytidagi taxminiy narxi - 75 mln evro.
O'qildi: 70363 - Fikirlar: 0
O'qildi: 22481 - Fikirlar: 0





314