
Londonning "Chelsi" klubi Chempionlar ligasi doirasida "Barselona" ustidan yirik hisobda g'alaba qozondi (3:0). O'yin boshlanishidan oldin matbuotda bugungi kunda futbolning asosiy yosh iste'dodlari bo'lgan 18 yoshli Estevao Villian va Lamin Yamal o'rtasidagi qarama-qarshilik faol yoritildi. Braziliyalik futbolchi gol urib, uchrashuv qahramonlaridan biriga aylangan bo'lsa, ispaniyalik futbolchi o'zini ko'rsata olmadi.
"Estevao va Yamal - yangi Messi va Ronaldu? Men bunday o'xshashliklarni o'tkazmagan bo'lardim - bu bunday yosh futbolchilarga bosim o'tkazadi. Bunday darajaga mos kelish juda qiyin.
Bu butun jamoamiz, butun klub, muxlislar qatori Estevao uchun ham muhim kecha bo'ldi. U "Arsenal"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlaydimi? Ko'ramiz," - deya Mareskaning so'zlarini keltiradi BBC.
O'qildi: 16376 - Fikirlar: 0





310