
Nufuzli Transfermarkt internet-portali bugungi holatga ko'ra jahon futbolidagi eng qimmat hujumchilar reytingini tuzdi. Manbaga ko'ra, futboldagi eng qimmat forvard unvonini bir vaqtning o'zida uch nafar futbolchi bo'lishib turibdi: «Barselona» vingeri Lamin Yamal, «Manchester Siti» to'purari Erling Xoland va «Real» etakchisi Kilian Mbappe. Ularning har birining bozor qiymati — 200 million evro.Qayd etish joizki, Yamal 18 yoshda, Xoland — 25 yoshda, Mbappe esa 27 yoshda.Etakchilar uchligidan keyin «Real» futbolchisi Vinisius Junior joy olgan bo'lib, uning transfer bahosi 150 million evroni tashkil etadi. Keyingi o'rinlarda esa 130 million evroga baholanayotgan uch nafar o'yinchi qayd etilgan: Bukayo Saka («Arsenal»), Aleksander Isak («Liverpul») va Maykl Olise («Bavariya»).1. Lamin Yamal — «Barselona» (€200 mln)2. Erling Xoland — «Manchester Siti» (€200 mln)3. Kilian Mbappe — «Real» (€200 mln)4. Vinisius Junior — «Real» (€150 mln)5. Bukayo Saka — «Arsenal» (€130 mln)6. Aleksander Isak — «Liverpul» (€130 mln)7. Maykl Olise — «Bavariya» (€130 mln)





449