
Mashhur statistik portal Sofascore Evropaning top-5 chempionatlari bo'yicha 2025 yil ramziy jamoasini taqdim etdi.Yil ramziy terma jamoasiga top-ligalarda o'z pozitsiyasida eng yuqori baholarni olgan 11 nafar futbolchi kiritildi. Tarkib 3-2-4-1 sxemasida shakllantirildi.Ramziy jamoa quyidagicha ko'rinish olgan:Darvozabon: Joan Garsiya («Espanol» / «Barselona»);Himoyachilar: Niko Shlotterbek («Borussiya» Dortmund), Virjil van Deyk («Liverpul») va Valdemar Anton («Borussiya» Dortmund);Yarim himoyachilar: Yozua Kimmix («Bavariya»), Pedri («Barselona»), Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»), Maykl Olise («Bavariya»), Rafinya («Barselona») va Lamin Yamal («Barselona»);Hujumchi: Kilian Mbappe («Real»).
Qayd etish joiz, mavsum davomida olti trofeyni qo'lga kiritganiga qaramay, Frantsiyaning «PSJ» klubidan yil ramziy jamoasiga birorta ham futbolchi kiritilmadi.
O'qildi: 68392 - Fikirlar: 0
O'qildi: 55837 - Fikirlar: 0





375