
"Barselona" "Inter" markaziy himoyachisi Alessandro Bastoniga qiziqishda davom etmoqda. Kataloniya klubi o'zini Bastoni uchun poyga ishtirokchisi sifatida ko'rsatmoqda. Bu haqda jurnalist Matteo Morettoga tayanib, Marca xabar berdi.
Manbaga ko'ra, hozircha tomonlar o'rtasida 26 yoshli futbolchining "ko'k-anorranglilar" safiga o'tishi borasida ochiq muzokaralar olib borilmayapti. Hammasi "Barselona"ning iqtisodiy imkoniyatlariga bog'liq bo'ladi.
Bastonining transferi 70-80 mln evroga baholanmoqda. Shu bilan birga, italiyalik himoyachi "Inter" bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Joriy mavsumda Bastoni barcha musobaqalarda 20 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol va beshta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra





345