Superklub de Yongni 50 millionga sotib olishga tayyor

Kataloniyaning "Barselona" klubi safida to'p tepayotgan markaziy yarim himoyachi Frenki de Yong klubini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Fijaches jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, niderlandiyalik xavbekning transferiga Myunxenning "Bavariya" klubi qiziqish bildirmoqda. Germaniya top-klubi rahbariyati de Yong transferi uchun taxminan 50 million evro taklif qilishga tayyor.
28 yoshli yarimhimoyachi "ko'k-anorranglilar" safida 2019 yilning yozidan buyon to'p tepib kelmoqda. Uning amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirida tugaydi.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida de Yong 14 ta jangda ishtirok etdi. Niderlandiyalik futbolchi 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (317/+0)
Yangiliklar (36034/+32)
UzFIFA Yangiliklari (13.01.2026)
Futbol TV Yangiliklari (13.01.2026)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1844)
Eng ko'p o'qilgan
11-Yanvar
23:10
8-Yanvar
20:30
11-Yanvar
01:10
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)





357