
Kataloniyaning "Barselona" klubi angliyalik futbolchi Markus Reshfordni ijara muddati yakunlangach, "Manchester Yunayted"dan sotib olishni rejalashtirmayapti. "Ko'k-anorranglilar" moliyaviy sabablarga ko'ra futbolchidan voz kechishga qaror qildi - ularda to'laqonli transfer uchun pul yo'q, deb yozadi Sport.es nashri.
"Manchester Yunayted" Reshfordni o'z safiga qaytarishga umid qilmoqda. Bir kun avval klub Markusni rejalariga kiritmagan murabbiy Ruben Amorimni iste'foga chiqargan edi. Yangi murabbiy qo'l ostida Reshford tarkibda mustahkam o'rnashib olishi mumkin, deb hisoblamoqda "MYu" rahbariyati.
Markus Reshford "Barselona" safida 2025 yilning iyulidan buyon ijara asosida to'p tepib kelmoqda. "Ko'k-anorranglilar" safida barcha musobaqalarda 25 ta o'yinda u ettita gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O'qildi: 68464 - Fikirlar: 0





414